O‘zbekiston | 10:53 / 26.11.2021
2340
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda «Zulfiya» mukofotining medali o‘g‘irlab ketildi

Qoraqalpoq davlat universiteti 2-bosqich talabasi Q.M. ning ijarada yashayotgan uyidan «Zulfiya» mukofotining medali o‘g‘irlab ketilgan. Bu haqda «Tynyshlyq saqshysy» gazetasi xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, voqea 13 noyabr kuni soat 10:00 larda yuz bergan. Mukofot mo‘ynoqlik qizga tegishli bo‘lgan.

Aniqlanishicha, o‘g‘irlik Nukus shahrida istiqomat qiluvchi K.S. tomonidan amalga oshirilgan. U bu ishni uyning eshigini o‘z yasagan kalit bilan ochish yordamida qilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu fuqaro bundan oldin ham shu kabi jinoyatni sodir qilgan. U 2 noyabr kuni soat 14:50 larda to‘rtko‘llik, Nukus davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi T.N. ning ijarada turgan uyidan 150 ming so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan.

Qidiruv natijalariga ko‘ra, yuqoridagi o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilgan shaxs qo‘lga olingan.

Bundan oldin Kegeylida 5 ming dollar evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olingandi.

Mavzuga oid