Jahon | 18:20 / 29.11.2021
6233
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi kimyoviy qurollarning 98,9 foizi yo‘q qilingani aytildi

Ma'lumot berilishicha, hozirda AQShda kimyoviy qurollar zaxirasini yo‘q qilish ishlari davom etmoqda va 2023 yil oxirida yakunlanadi.

Foto: AFP via Getty Images

Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti dunyodagi kimyoviy qurollar zaxirasining 98,9 foizi yo‘q qilinganini tasdiqlaydi. Bu haqda tashkilot rahbari Fernando Arias ma'lum qildi.

"31 oktabr holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 71 ming 511 metrik tonna yoki barcha kimyoviy qurollar zaxirasining 98,9 foizi yo‘q qilindi", - dedi u.

Ma'lumot berilishicha, tashkilotning kimyoviy qurollar zaxirasiga ega yagona a'zosi AQSh hisoblanadi.

Hozirda AQShda ushbu zaxirani yo‘q qilish ishlari davom etmoqda va 2023 yil oxirida yakunlanadi.

Mavzuga oid