O‘zbekiston | 07:45 / 30.11.2021
3088
1 daqiqa o‘qiladi

10 oyda zo‘ravonlikka uchragan 4500dan ortiq fuqaro reabilitatsiya markaziga murojaat qilgan

“Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markaz”lariga 7226 nafar fuqaro murojaat qilgan, ulardan – 4518 ta holatda turli zo‘ravonlik sodir etilgan. Bu haqda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi direktori Muqaddam Rasulova ishtirokidagi brifingda aytildi.

Brifingda ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 10 oyida “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markaz”lariga 7226 nafar fuqaro murojaat qilgan, ulardan – 4518 ta holatda turli zo‘ravonlik sodir etilgan.

Shundan: 2457 ta - ruhiy, 1358 ta - jismoniy, 37 ta - jinsiy, 666 ta - iqtisodiy zo‘ravonlik holati qayd etilgan va 2708 ta holatda oilaviy nizolar, kelishmovchiliklar, ajrashish masalalari bilan murojaatlar qayd etilgan.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar bilan o‘zaro muloqot qilish va shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko‘rsatish, maslahat berish va axborot taqdim etish uchun 1146 ishonch telefoni 24 soat uzluksiz ishlamoqda, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid