Jamiyat | 18:42 / 06.12.2021
2085
2 daqiqa o‘qiladi

Past Darg‘omda tuman yo‘llardan foydalanish korxonasidan xususiy korxona foydasiga 748 million so‘m undirildi

Foto: MIB

Past Darg‘omda tuman yo‘llardan foydalanish korxonasidan xususiy korxona foydasiga 748 million so‘m undirilgan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Past Darg‘om tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 4 apreldagi qaroriga asosan javobgar “Pastdarg‘om tuman davlat yo‘llaridan foydalanish” UKdan undiruvchi “Karvon Trans Samarqand” MChJ foydasiga 680 million 516 ming so‘m asosiy qarz, 68 million 51 ming penya, oldindan to‘langan 17 ming so‘m pochta xarajati, jami 748 mln 586 ming so‘m qarzdorligini undirish belgilangan. Mazkur ish bo‘yicha belgilangan ijro hujjati MIB Past Darg‘om tuman bo‘limi ijrochilari tomonidan yuritilgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, qarzdorga ijro hujjati talabini ixtiyoriy bajarish uchun muddat berilgan.

Olib borilgan ijro xarakatlari davomida qarzdor “Past Darg‘om tuman davlat yo‘llaridan foydalanish” UKdan undiruvchi “Karvon Trans Samarqand” MChJ foydasiga jami 748 million 586 ming so‘m qarzdorlik undirilgan va amaldagi qonunlarga asosan mazkur ijro ishi tamomlangan.

Mavzuga oid