O‘zbekiston | 10:24 / 06.12.2021
5337
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrining ikki tumanida issiqlik ta'minoti vaqtincha to‘xtatildi

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumanlaridagi ayrim hududlarda issiqlik ta'minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda «Toshissiqquvvati» xabar bermoqda.

IM-10 qozonxonasiga ulangan M-0 Du-800 magistral issiqlik tarmoqlarida avariya holati vujudga kelganligi sababli, 2021 yil 6 dekabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha qator manzillarda issiqlik ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatildi. 

Olmazor tumani: Farobiy, Mirzo G‘olib, Qamarniso, Shifokorlar, G.Karimov, Xo‘jayev ko‘chalari hamda ToshMI, Shifokorlar shaharchasi, O‘zMU, ToshPI, G-30, Olimpiya, Chimboy, Beshqo‘rg‘on-1,2,3,4, Muxbir, Qoraqamish 2/4 mavzelarida.

Shayxontohur tumani: Farobiy ko‘chasi hamda Jarariq, Beltepa, Ibn Sino-1,2 mavzelarida.

Bildirilishicha, hozirda avariya tiklash ishlariga 20 kishidan iborat avariya tiklash guruhi jalb etilgan. Avariya bartaraf etish ishlari amalga oshirilib, issiqlik ta'minoti qayta tiklanishi aytilgan.

Mavzuga oid