Rohingya musulmonlari Facebook’dan 150 mlrd dollar kompensatsiya talab qilmoqda
Advokatlar kompaniyani “Janubi-Sharqiy Osiyodagi bu kichik mamlakat bozoriga yaxshiroq kirib olish uchun rohingya xalqi hayotini sotishni istagan”likda ayblab sudga bergan.
Buyuk Britaniya va AQShdagi rohingya xalqi vakillari 150 mlrd dollar kompensatsiya talab qilib Facebook kompaniyasini sudga berdi. Bu haqda VVS xabar qildi.
Rohingya musulmonlarining ta'kidlashicha, Facebook Myanmada ta'qib qilib kelingan mazkur etnik ozchilikka qarshi dushmanlarcha munosabat va zo‘ravonlik tarqatilishiga yillar davomida imkon bergan.
AQShda advokatlar kompaniyani “Janubi-Sharqiy Osiyodagi bu kichik mamlakat bozoriga yaxshiroq kirib olish uchun rohingya xalqi hayotini sotishni istagan”likda ayblab sudga bergan.
Da'vogarlar Reuters agentligining surishtiruvi davomida ijtimoiy tarmoqda aniqlangan xabarlarga tayanmoqda. Xususan, xabarlardan birida “Ularga qarshi Gitler yahudiylarga qarshi kurashganidek kurash olib borishimiz kerak” deyilgan.
Buyuk Britaniyadagi rohingyalar manfaatini himoya qiluvchi yuridik firma ijtimoiy tarmoqni “rohingya xalqiga nisbatan nafrat avj olishini kuchaytirishda” ayblagan.
Ijtimoiy tarmoq shuningdek, Myanmadagi siyosiy vaziyatni biladigan moderatorlarga “investitsiya bermaslik”da ayblanmoqda. Buning natijasida rohingyalarga nisbatan zo‘ravonlikka chaqiruvchi xabar va qaydlar o‘chirilmagan.
Mavzuga oid
20:42 / 17.12.2024
Irlandiya regulyatori Meta kompaniyasini 251 mln yevro jarimaga tortdi
19:05 / 12.12.2024
Meta kompaniyasi Trampning inauguratsiyasiga 1 mln dollar xayriya qildi
17:10 / 28.11.2024
Mark Tsukerberg Tramp bilan uning Mar-a-Lago qarorgohida uchrashdi
19:42 / 22.10.2024