Nijyegorodskda avtohalokatga uchragan o‘zbekistonliklar haqida ma'lumot berildi
Avtobus va “Kamaz” to‘qnashuvida 5 nafar o‘zbekistonlik yengil jarohatlangan. Ularga shifoxonadan shu kunning o‘zida javob berilgan.
O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaning Nijyegorodsk viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan axborot berdi.
Ma'lum qilinishicha, 9 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Ardatov tumani Ideal qishlog‘i yaqinidagi Ardatov–Arzamas mahalliy trassasida “Progress” MChJga tegishli ish avtobusi va Kamaz rusumli yuk mashinasi to‘qnashib ketgan.
“Yo‘l-transport hodisasi vaqtida avtobusda ketayotgan 22 yo‘lovchining 13 nafari Rossiyaga mustaqil ravishda ishga borgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Avtohalokat oqibatida tan jarohati olgani sababli 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi Nijniy-Novgorod viloyati M.Vladimirskiy nomidagi shahar tez tibbiy yordam kasalxonasiga yotqizilgan.
Ushbu avtohalokat oqibatida tan jarohati olgan yurtdoshlarimizning ahvoli qoniqarli bo‘lgani sababli tegishli tibbiy xizmat ko‘rsatilgandan so‘ng, shu kunning o‘zida ularga kasalxonadan javob berilgan”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:10 / 23.12.2024
Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi
22:22 / 23.12.2024
Rossiyaning Suriyadagi bazalari: ular yopilsa, nima bo‘ladi?
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
20:41 / 23.12.2024