O‘zbekiston | 08:03 / 10.12.2021
13071
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston Afg‘onistonga 29 ta yuk avtomobili yetkazib berdi
10 oyda 714 ta yuk avtomobillari eksport qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 714 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.
Yuk avtomobillari eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 37 taga kamaygan.
O‘zbekiston 10 oyda yuk avtomobillarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar quyidagicha:
- Qozog‘iston — 505 ta;
- Qirg‘iziston — 84 ta;
- Singapur — 71 ta;
- Afg‘oniston — 29 ta.
Qayd etilishicha, 10 oyda 3257 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan.
O‘zbekistonda aholiga tegishli bo‘lgan 168 810 ta yuk avtomobillari bor.
Mavzuga oid
16:17 / 03.01.2025
«Palov indeksi»: O‘zbekistonda osh narxi bir yilda qanchaga oshdi?
16:47 / 30.12.2024
2024 yilda AQShda uysizlar soni rekord darajaga yetdi
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024