O‘q o‘tkazmaydigan iPhone taqdim etildi
Rossiyaning Caviar brendi iPhone 13 Pro va Pro Max smartfonlarining o‘q o‘tkazmaydigan Stealth 2.0 versiyalarini taqdim etdi.
Stealth 2.0 kolleksiyasiga smartfonlarning Black va Titanium versiyalari kirgan. Ta’kidlanishicha, zirhga ega smartfonlar to‘pponchadan otilgan o‘qqa bardosh bera oladi.
Black versiyasi zirhli texnika va jangovar vertolyotlar ishlab chiqishga ixtisoslashgan “TsIT” korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan BR-2 sinfidagi o‘q o‘tkazmaydigan zirhga ega. Ushbu modelda kameralar bloki yo‘q. Titanium modeli esa zarbalarga bardoshli titandan tayyorlangan bo‘lib, unda barcha kameralar mavjud.
Ta’kidlanishicha, Black va Titanium modellaridan 99 donadan ishlab chiqariladi. 128 Gb doimiy xotiraga ega iPhone 13 Pro negizidagi Black modeli 379 ming rubl, Titanium esa 374 ming rubldan sotuvga chiqariladi. 1 Tb xotiraga ega iPhone 13 Pro Max Black va Titanium esa mos ravishda 484 ming va 479 ming rubldan sotiladi.
Mavzuga oid
18:44 / 17.12.2024
iPhone va Samsung foydalanuvchilarining aksariyati sun’iy intellektni foydali deb hisoblamaydi
20:50 / 16.12.2024
Apple yupqa iPhone va buklama qurilmalarni chiqaradi – OAV
19:56 / 13.12.2024
Apple ba’zi iPhone modellarini sotishni to‘xtatadi
23:01 / 27.11.2024