Jahon | 18:38 / 15.12.2021
2988
1 daqiqa o‘qiladi

YeI mamlakatlarida 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi

O‘tgan oyda Yevropa regulyatori besh yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlashni ma’qullagandi.

Foto: AP

YeIning qator mamlakatlari, jumladan, Gretsiya, Italiya, Ispaniya va Vengriya 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni koronavirusga qarshi emlashni boshladi, deb xabar berdi Associated Press.

"Shifokorlar maslahati va ilmiy ma’lumotlar bilan tanishganimizdan so‘ng besh yarim yoshli o‘g‘limizni emlatishga qaror qildik", - dedi Gretsiya ta’lim vaziri Niki Kerameos.

O‘tgan oyda Yevropa regulyatori besh yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlashni ma’qullagandi.

Shuningdek, AQShda Pfizer/BioNTech vaksinasi 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun rasman tasdiqlangandi. Amerika oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifatini nazorat qilish boshqarmasi (FDA) emlash 91 foiz holatda koronavirusga chalinishning oldini oladi va jiddiy nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarmaydi degan xulosaga keldi.

Mavzuga oid