O‘zbekiston | 16:38 / 17.12.2021
3607
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda 5 nafar qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi

Foto: Navoiy viloyati IIB axborot xizmati

Navoiyda IIV ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi. Jarayonda 119 ta ma’muriy, 9 ta jinoiy holat aniqlangan hamda 5 ta qidiruvdagi shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda Kun.uz'ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, viloyatda jinoyatchilikni mahallabay usulida jilovlash, aholining ijtimoiy qatlamlari bilan manzilli ishlash va ichki ishlar organlarining quyi tizimlariga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh ish olib bormoqda. 

Foto: Navoiy viloyati IIB axborot xizmati

Ishchi guruh a’zolari kichik guruhlarga bo‘linib, alohida yo‘nalishlar bo‘yicha viloyatning shahar-tumanlarida xodimlar tomonidan xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini nazorat qilyapti. Xususan, Xatirchi, Karmana, Uchquduq, Qiziltepa va Navbahor tumanlarida respublika bo‘yicha krimenogen vaziyati og‘ir hisoblangan 33 ta mahallada amalga oshirilgan ishlar o‘rganilmoqda. 

O‘tkazilgan tezkor profilaktik tadbirning dastlabki kunida viloyat miqyosida 134 nafar yosh ta’limga qaytarilgan, 595 nafar uyushmagan yoshlar bilan profilaktik suhbat olib borilgan hamda 69 nafar ota-onaga farzandini qarovsiz qoldirganligi sabab chora ko‘rilgan. Shuningdek, 56 nafar bemaqsad yurgan voyaga yetmaganlar oilalari bilan suhbatlashildi, 102 nafar oila IIB xodimlari hamda mahalla faollari bilan hamkorlikda yarashtirilgan hamda 98 nafar tazyiq va zo‘ravonlik qurboni bo‘layotgan ayollarga “Himoya orderi” berilgan.

Foto: Navoiy viloyati IIB axborot xizmati

Bundan tashqari, o‘rganishlar davomida jami 119 ta ma’muriy, 9 ta jinoiy holat aniqlanib, 5 ta qidiruvdagi shaxs qo‘lga olingan. Yo‘l harakati xavsizligi bo‘yicha esa 572 ta qoidabuzarlik aniqlangan.   

Mavzuga oid