O‘zbekiston | 07:24 / 23.12.2021
2016
2 daqiqa o‘qiladi

Oqoltinda 2020-2021 yillarda tuman aholisining 15 foizi «Temir daftar»ga kiritilgan

Foto: Kun.uz

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida 2020-2021 yillar davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 1987 ta oilada 8222 nafar fuqaro kambag‘allik darajasida yashayotgan oila sifatida aniqlanib, «Temir daftar»ga kiritilgan. Bu tuman aholisining 15 foizini tashkil qiladi. Bu haqda tuman hokimligi ma’lum qildi.

Xalq deputatlari tuman kengashi qarori asosida 1943 ta oila (97,8 foiz) ro‘yxatdan chiqarilgan va 2040 nafar mehnatga layoqatli fuqaro ish bilan ta’minlangan.

Bugungi kunga kelib «Temir daftar»ga kiritilgan 1884 ta oilaning 1982 nafar mehnatga layoqatli a’zosi sektor rahbarlari va tegishli tashkilotlar tomonidan ishga joylashtirildi va yashash tarzi yaxshilanib, «Temir daftar»dan chiqarildi.

Hozirgi vaqtda tumanda «Temir daftar»da qolgan 44 ta oila mavjud bo‘lib, ular asosan nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, yakka-yolg‘iz keksalar va turmush sharoiti o‘ta og‘ir oilalardan iborat. Ushbu 44 ta oilaning 101 nafar a’zosi va 4 nafar mehnatga layoqatli a’zosini ish bilan ta’minlash va ularning oilalarini «Temir daftar»dan chiqarish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Mavzuga oid