Jamiyat | 08:43 / 02.04.2023
11597
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda o‘zganing 5 sotix yerini sotishga uringan shaxs ushlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida noqonuniy ravishda yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, departament hamda DXXning Oqoltin tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda S.X. ismli shaxs fuqaro O‘.A.ning ishonchiga kirib, «Bahor» MFYdagi boshqa bir fuqaroning 10 sotixli dehqon xo‘jaligi yer maydonining 5 sotixini go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib olib berishni va’da qilgani aniqlangan. U «xizmati evaziga» 7,4 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid