O‘zbekiston | 13:10 / 06.10.2024
11873
2 daqiqa o‘qiladi

Antikorrupsiya agentligi: Sirdaryo viloyatida 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 

Viloyatda 2023 yilda 324 ta, 2024 yilning 8 oyida esa 216 ta korrupsiyaviy jinoyat sodir etilgan. Jinoyatchilar orasida bir necha nafar hokim, hokim o‘rinbosari va hokimlik xodimlari ham bor. 

Foto: Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi

Sirdaryoda 2023 yilda va joriy yilning shu paytiga qadar bir necha nafar hokim va hokim o‘rinbosarlari korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi xabar bermoqda

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy ruhda ko‘rib chiqilgan. Yig‘ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov va viloyat rahbariyati ishtirok etgan. 

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, viloyatda 2023 yilda 324 ta, 2024 yilning 8 oyida esa 216 ta korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilgan. 

Xususan, 2023 yilda 3 nafar hokim, 1 nafar hokim o‘rinbosari va 17 nafar hokimlik xodimlari, joriy yilda 2 nafar hokim, 3 nafar hokim o‘rinbosari, 2 nafar hokimlik xodimlari, 3 nafar obodonlashtirish, 1 nafar yagona buyurtmachi xizmati injyenering kompaniyasi mas’ul mansabdor shaxslari korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgan. 

Shuningdek, viloyat va tuman-shahar hokimliklari ayrim mansabdor shaxslarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani masalasi ham tanqidiy muhokama qilingan.

Mavzuga oid