Jahon | 20:38 / 26.12.2021
15408
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda ikkita vazirlik tugatildi 

Foto: Anadolu Agency via Getty Images

Afg‘onistonda toliblar parlament va tinchlik masalalari bo‘yicha vazirliklar tugatilishini e’lon qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi. 

Bundan tashqari, toliblar saylov masalalari bilan shug‘ullangan ikkita maxsus komissiya faoliyati to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Toliblar hukumati vakili Bilol Karimiy ushbu vazirlik va komissiyalar Afg‘onistondagi joriy sharoitda kerak emasligini aytgan.       

Avvalroq Afg‘onistonda ayollar ishlari bo‘yicha vazirlik tugatilgandi.

Mavzuga oid