O‘zbekiston | 16:52 / 29.12.2021
47478
21 daqiqa o‘qiladi

Akrom Rahmonqulov 7,5 yilga hukm qilindi

Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akrom Rahmonqulov sud hukmi bilan 7,5 yilga qamaldi. Akbar Rahmonqulov, Alisher Rahmonqulov, Abror Rahmonqulov, Adham Rahmonqulov va yana 22 nafar sudlanuvchiga 69 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha bo‘lgan jarimalar tayinlandi.

Foto: Jizzax viloyat hokimligi

Bugun, 29 dekabr kuni Toshkent viloyat sudi Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akrom Rahmonqulov va boshqalar ustidan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqardi.

Oliy sud axborotiga ko‘ra, jinoyat ishi bo‘yicha 27 nafar sudlanuvchining barchasi aybdor deb topilgan:

  • Akram Rahmonqulov (1968 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan);
  • Akbar Rahmonqulov (1972 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, “J-Quruvchi” MChJ direktori);
  • Alisher Rahmonqulov (1982 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, “Ravon Yo`l Invest” MChJ, “Sogdiana pipeplast” MChJ va “Jizzax savdo lyuks” MChJlar direktori);
  • Abror Rahmonqulov (1980 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, “Zenatkor Sayhan Kon Sanoat” MChJ direktori);
  • Adham Rahmonqulov (1978 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, “Zenatkor temir beton buyumlari” MChJ direktori);
  • Sh. Bahriddinov (1990 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, “Kamol” XK, «Zenatkor fabrikasi mebellari» MChJlar rahbari, «Qurilish ta’minoti» XK ta’sischisi va norasmiy rahbari);
  • G‘. Rahmatov (1963 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan);
  • B. Meliyev (1963 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati Qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazi direktori lavozimida ishlagan);
  • J. Hamrayev (1976 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, «Qurilish ta’minoti» xususiy korxonasi direktori bo‘lib ishlagan);
  • I. Toshpo‘latov (1982 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, «Abduvohid qurilish ta’mir» MChJ ta’sischisi va direktori);
  • Sh. Azimov (1977 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan);
  • A. Meliboyev (1993 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, “ARMO STROY” MChJ rahbari);
  • Q. Muqumov (1974 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, “Toza suv inshoot” MChJ direktori);
  • M. Sultanov (1972 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlagan);
  • A. Mahmudov (1964 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi Loyihalarni boshqarish va qurilishni texnik nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi);
  • Ya. Buronov (1962 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK Jizzax viloyati filiali sobiq direktori);
  • G‘. Sheraliyev (1975 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasida loyihalarni boshqarish va qurilishni texnik nazorat qilish bo‘limida yetakchi mutaxassis bo‘lib ishlagan);
  • A. Husniddinov (1987 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasida loyihalarni boshqarish va qurilishni texnik nazorat qilish bo‘limida yetakchi mutaxassis);
  • Sh. Kazakov (1963 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi loyihalarni boshqarish va qurilishni texnik kuzatish bo‘limi yetakchi mutaxassisi);
  • M. Muhiddinov (1986 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, «Kamol» KTQK va “Zenatkor Sayhan Kon Sanoat” MChJlar bosh hisobchisi);
  • T. Mansurov (1978 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, «Zenatkor temir beton buyumlari» MChJ bosh hisobchisi);
  • M. Mansurov (1978 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, «J–Quruvchi» MChJ, «Sogdiana pipeplast» MChJ, «Armo stroy» MChJ va «Jizzax savdo lyuks» MChJlar bosh hisobchisi);
  • O. Jo‘raboyev (1980 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, “Jizzax Bunyodkor Loyiha” MChJ direktori);
  • N. Adilov (1981 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi loyihalarni boshqarish va qurilishni texnik kuzatish bo‘limi bosh mutaxassisi);
  • A. Rajabov (1986 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi loyihalarni boshqarish va qurilishni texnik kuzatish bo‘limi bosh mutaxassisi);
  • Z. Xayrullayev (1984 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi bosh muhandisi);
  • O. Qulmatov (1974 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Jizzax viloyat xududiy boshqarmasining Tovar va moliya bozorlarni tahlil qilish, ustun mavqeni suiiste’mol qilish, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari).

Ushbu jinoyat ishi Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi S. Ashirmatov raisligida ko‘rib chiqildi.

Sud faqat Akrom Rahmonqulovni ozodlikdan mahrum etdi, qolgan sudlanuvchilarga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar qo‘llandi.

Sud hukmiga ko‘ra:

Akram Rahmonqulov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi, 205-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari, 207-moddasi 1-qismi, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdorida, ya’ni 111 500 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Akbar Rahmonqulov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi, 192-11-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari, 228-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari, 228-moddasi 3-qismi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 450 baravari miqdorida, ya’ni 100 350 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Alisher Rahmonqulov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi, 192-11-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari, 228-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari, 228-moddasi 3-qismi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 450 baravari miqdorida, ya’ni 100 350 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Abror Rahmonqulov Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi, 192-11-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 450 baravari miqdorida, ya’ni 100 350 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Adham Rahmonqulov Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi, 192-11-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 450 baravari miqdorida, ya’ni 100 350 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Sh. Bahriddinov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi, 192-11-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari, 228-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari, 228-moddasi 3-qismi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 450 baravari miqdorida ya’ni 100 350 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

G‘. Rahmatov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 205-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari, 207-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari miqdorida, ya’ni 89 200 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

B. Meliyev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 205-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari miqdorida, ya’ni 89 200 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

J. Hamrayev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi, 192-11-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari, 228-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari, 228-moddasi 3-qismi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 450 baravari miqdorida, ya’ni 100 350 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

I. Toshpo‘latov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi 192-11-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari, 228-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari, 228-moddasi 3-qismi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 450 baravari miqdorida, ya’ni 100 350 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Sh. Azimov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 205-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari miqdorida, ya’ni 89 200 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

A. Meliboyev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi, 192-11-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari, 228-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari, 228-moddasi 3-qismi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 450 baravari miqdorida, ya’ni 100 350 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Q. Muqumov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 192-11-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari, 228-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 350 baravari miqdorida, ya’ni 78 050 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

M. Sultanov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 205-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 350 baravari miqdorida, ya’ni 78 050 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

A. Mahmudov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 228-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 350 baravari miqdorida, ya’ni 78 050 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Ya. Buronov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 205-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 350 baravari miqdorida, ya’ni 78 050 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

G‘. Sheraliyev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 228-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravari miqdorida, ya’ni 71 360 000 so‘m jarima jazosi hamda oylik ish haqidan 20 % davlat daromadiga undirilgani holda 2 yil 8 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

A. Husniddinov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 228-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravari miqdorida, ya’ni 71 360 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Sh. Kazakov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 228-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravari miqdorida, ya’ni 71 360 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

M. Muhiddinov Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi va 192-11-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 310 baravari miqdorida, ya’ni 69 130 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

T. Mansurov Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi va 192-11-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravari miqdorida, ya’ni 71 360 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

M. Mansurov Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi va 192-11-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravari miqdorida, ya’ni 71 360 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

O. Jo‘raboyev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 192-11-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari, 228-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 310 baravari miqdorida, ya’ni 69 130 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

N. Adilov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 228-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravari miqdorida, ya’ni 71 360 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

A. Rajabov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 228-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravari miqdorida, ya’ni 71 360 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Z. Xayrullayev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 205-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 350 baravari miqdorida, ya’ni 78 050 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

O. Qulmatov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 205-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari miqdorida, ya’ni 89 200 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Ta’kidlanishicha, hukm ustidan sudlanuvchilar, ularning himoyachilari va boshqa taraflar apellyatsiya tartibida shikoyat berishga, prokuror va uning o‘rinbosari esa, protest bildirishga haqli.

2018 yil aprelidan 2021 yil yanvarigacha Jizzax viloyati hokimining qurilish va sanoat bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlagan Akrom Rahmonqulov Jizzax shahrida 6 qavatli binoning bir qismi qulashi ortidan ishdan olingan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rahmonqulovni siyosatga xiyonatda ayblab, “uning butun to‘dasiga qonuniy jazo belgilash”ni talab qilgandi.

Undan avvalroq jamoatchilik surishtiruvlarida Rahmonqulov va uning qarindoshlari Jizzaxdagi bir necha yuz milliardlik davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritib kelgani ayon bo‘lgandi.

Ayni hodisani O‘zbekistonda manfaatlar to‘qnashuviga oid holatlarga qarshi ko‘rilgan birinchi yirik chora deb hisoblash mumkin. Biroq hokim o‘rinbosari ustidan tergov aniq dalillarga asoslangan surishtiruvlardan keyin emas, 6 qavatli bino buzilganidan keyin boshlangandi.

Aprel oyida bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Akrom Rahmonqulov va uning 10 nafar jinoiy sherigi qamoqda ekanini ma’lum qilib, jinoiy guruh qariyb 20 mlrd so‘mlik budjet mablag‘ini talon-toroj qilganini aytgandi.

Sobiq hokim o‘rinbosariga tegishli korxonalarda 12 mlrd so‘m, Jizzax shahridagi “Eski shahar” buyum bozorida qurilgan 172ta savdo do‘koni, ko‘p qavatli uylarda 14ta xonadon, 43ta avtomashina, 37ta boshqa ko‘chmas mulklar borligi aniqlanib, zararni undirish uchun xatlangan.

“Aytish joiz, Rahmonqulov 2018 yilda viloyat hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangach, uyushgan guruh tuzib, budjetning milliardlab mablag‘larini talon-toroj qilib kelgan. Shu maqsadda viloyatda qurilish sohasi rahbarligiga hamda viloyat tender komissiyasiga tanish-bilishlarini qo‘yib, ular orqali o‘zining g‘arazli maqsadlariga sharoit yaratgan”, degandi bosh prokuror Senatdagi nutqida.

Mavzuga oid