Jahon | 14:41 / 30.12.2021
62188
1 daqiqa o‘qiladi

2022 yilda yuz berishi mumkin bo‘lgan yirik qurolli to‘qnashuvlar ma’lum qilindi

Mualliflarning fikricha, Ukraina eng qaynoq nuqtalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Foto: Getty Images

Foreign Policy kelasi yili yuz berishi mumkin bo‘lgan 10 ta eng yirik nizoni taxmin qildi

Mualliflarning fikricha, Ukraina eng qaynoq nuqtalardan biri bo‘lib qolmoqda.

«Putin Ukrainaning alyansga qo‘shilishi g‘oyasini inkor etib, NATO bilan munosabatlarda yangi chiziq tortdi. Rossiya NATOning sharqqa kengayishining oldini oladigan va uning faoliyatini cheklaydigan yangicha tartibni taklif qilmoqda», — deyiladi maqolada.

Nashr shuningdek, Efiopiyadagi federal markaz va Tigraydagi isyonchilar o‘rtasidagi nizoga e’tibor qaratgan.

Bundan tashqari, Afg‘oniston, Yaman, Haiti va Myanmada vaziyat keskinlashishi taxmin qilinmoqda.

Mualliflar AQSh va Xitoy, Isroil va Falastin hamda Eron-AQSh-Isroil munosabatlari keskinlashishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Nashr Afrikada «Boko Haram» va «Ash-Shabob» jangarilari faollashganidan xavotir bildirgan.

Mavzuga oid