Tergov departamentida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Tergov departamenti apparatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda IIV huzurida Tergov departamenti axborot xizmati xabar bermoqda.
Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan IIV huzuridagi Tergov departamenti Tahliliy boshqarmasi axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Avilov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Tergov departamenti Tergov va surishtiruv ishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - tergov faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan IIV huzuridagi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi Dolzarb muammolarni aniqlash, modellashtirish va tadqiqotlarni tashkillashtirish sektori bosh ilmiy xodimi Sobirzoda Oripov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Tergov departamenti Tahliliy boshqarmasi xalqaro va aloqalar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.