O‘zbekiston | 15:35 / 05.01.2022
9727
2 daqiqa o‘qiladi

Bulung‘ur tumani sobiq hokimi viloyat IIBda mas’ul lavozimga tayinlandi

Foto: IIB axborot xizmati

Bulung‘ur tumani sobiq hokimi Samarqand viloyat IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan. Bu haqda viloyat IIb axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 5 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB Transportda xafvsizlikni ta’minlash boshqarmasida IIV TXTBB boshlig‘i polkovnik R.A.Tashpo‘latov, shuningdek, viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosarilari polkovnik F.U.Rahmatov hamda podpolkovnik E.M.Alkarov ishtirokida shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazilgan.

Foto: IIB axborot xizmati

Qayd etilishicha, uchrashuvda Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan podpolkovnik Bahodir Bahromov shaxsiy tarkibga tanishtirilgan.

Ma’lumot uchun, Bahodir Bahromov o‘tgan yil dekabrida o‘z arizasiga ko‘ra boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Bulung‘ur tumani hokimi lavozimidan bo‘shatilgan va o‘rniga Samandar Ostonov tuman hokimi etib tayinlangandi. Bahromov muqaddam Samarqand shahar IIB boshlig‘i bo‘lgan.

Mavzuga oid