Jamiyat | 10:29 / 05.01.2022
19581
2 daqiqa o‘qiladi

Nukusda daraxtlar yoppasiga kallaklandi

Nukus shahrida 300 dan ziyod daraxt kallaklab tashlandi. Voqea Nukus-Taxtako‘pir aylanma yo‘li yoqasida yuz bergan.

Daraxtlarning bir qismi kesilib, bir qismi kallaklangach, xunuk manzara hosil bo‘lgan. Bu ish qachon va qaysi tashkilot tomonidan sodir etilgani noma’lum. Daraxtlarning shoxlari, ustki qismi kesilgan va ular go‘yoki simsiz simyog‘ochga aylangan.

Bunday choralar daraxtlarni butunlay o‘ldirishi mumkin. Oqibatda shahar yozda chidab bo‘lmas jazirama hududga aylanadi. Chunki Nukus qurilishlar sabab «sariq shahar»ga aylanib qolmoqda.

Kun.uz vaziyatga oydinlik kiritish uchun ekspertlarga yuzlandi. Ekolog jurnalist Nargis Qosimovaning aytishicha, daraxtlarga bu tarzda shakl berish, asta-sekinlik bilan ularni yo‘q qilishi mumkin.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Sodir bo‘lgan holat yuzasidan Kun.uz muxbiri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasini xabardor qildi. Qo‘mita matbuot kotibi Ulbosyn Mirzanazarova mavjud vaziyat o‘rganilib, natijasi haqida rasmiy ma’lumot berilishini ma’lum qildi. 

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Bundan bir muddat oldin Nukusda noqonuniy ravishda daraxt kesgan fuqaro jarimaga tortilgandi. Oldinroq esa yuqoridagi holatga o‘xshash vaziyat Buxoro viloyatida kuzatilgan. O‘shanda Buxoro shahri markazidagi daraxtlar «kal» qilib ketilgan.

Shuhrat Saidahmadov, Kun.uz muxbiri

Mavzuga oid