2021 yilning dekabr oyida qaysi mahsulotlar qimmatlashgani ma’lum qilindi
2021 yilning 1-31 dekabr kunlari apelsin, mandarin, limon narxi arzonlashgan bo‘lsa, nok, bodring, pomidor kabi mahsulotlar qimmatlashgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2021 yilning 1-31 dekabr kunlari «Toshkent qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori» AJ (Qo‘yliq) va Eski jo‘va (Chorsu) dehqon bozorlaridagi asosiy iste’mol tovarlari ulgurji narxlarining o‘zgarishi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni e’lon qildi.
«Ushbu davr mobaynida bozorda uzum (rizomat) 10 000 so‘mga, apelsin 9 500 so‘mga, mandarin 5 000 so‘mga, limon 2 500 so‘mga, olma va sarimsoq piyoz 1 500 so‘mga, sariq sabzi 1 350 so‘mga, qizil sabzi 1 100 so‘mga, loviya 1 000 so‘mga va kartoshka 125 so‘mga arzonlagan.
Shu bilan birga, baqlajon 14 250 so‘mga, bulg‘or qalampiri (qizil) 8 500 so‘mga, bulg‘or qalampiri (yashil) 8 250 so‘mga, nok (mahalliy) 9 000 so‘mga, nok (import) 5 500 so‘mga, bodring 7 125 so‘mga, pomidor 750 so‘mga, no‘xot 1 500 va guruch (alanga) 250 so‘mga oshgan», deyiladi xabarda.
Davlat bojxona qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil 1-31 dekabr kunlari umumiy qiymati 94,2 mln dollarlik jami 129,2 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilingan.
Mavzuga oid
08:14 / 20.12.2024
Toshkent shahri va viloyat markazlarida ko‘chmas mulk bozorida faollik oshdi
17:36 / 16.12.2024
Qishga saqlangan uzumlar
09:59 / 14.12.2024
Yunusobod bozorida qayta qurish ishlari boshlanadi
19:53 / 11.12.2024