Lukashenko "Qozog‘istondagi kabi bo‘lmasligi uchun" Tojikistonga yordam berish kerakligini aytdi
Avvalroq Qozog‘iston TIV mamlakat xorijda tayyorgarlikdan o‘tgan, yaxshi muvofiqlashtirilgan terrorchi guruhlar tomonidan qurolli tajovuzga uchraganini bildirgandi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qozog‘istondagi voqealar fonida Tojikistonga yordam berishga chaqirdi.
"Tojikiston prezidenti bir necha yildan beri moddiy, birinchi navbatda harbiy texnika bilan qo‘llab-quvvatlashimizni so‘ramoqda. Qozog‘iston bilan bo‘lgani kabi bizga qimmatga tushmasligi uchun hozir yordam berishimiz kerak", - dedi u KXShT rahbarlari onlayn-sammitida.
"Qozog‘istonga qariyb 200ta reysda texnika tashladik. Tojikistonda ham bunday bo‘lishini istamaymiz. Unga hozir yordam bergan ma’qul, bu muammolarni hal qila oladi. Bu boshqa respublikalarga ham tegishli. Xulosa chiqarish kerak", - dedi Belarus prezidenti.
Qozog‘iston TIVning bayonotiga ko‘ra, mamlakat xorijda tayyorgarlikdan o‘tgan, yaxshi muvofiqlashtirilgan terrorchi guruhlar tomonidan qurolli tajovuzga uchragan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, hujumlarni amalga oshirganlar orasida islomiy radikal guruhlar tarkibida «qaynoq nuqta»larda jang tajribasini orttirgan shaxslar mavjud.
Qozog‘iston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotidan (KXShT) yordam so‘radi va vaziyatni barqarorlashtirish uchun 2500 nafarga yaqin tinchlikparvar kuchlar yuborildi. Ularning vazifasi strategik obektlarni qo‘riqlash va Qozog‘iston huquq-tartibot kuchlarini himoya qilishni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
16:51 / 16.12.2024
Konibodomda yana to‘rt kishining jasadi topildi
17:04 / 11.12.2024
Qozog‘istonda kuydirgi sababli chorva uchun majburiy karantin joriy etildi
19:01 / 10.12.2024
Tojikistonning Konibodomida bir oilaning 6 a’zosi o‘ldirib ketildi
18:53 / 10.12.2024