Markaziy Osiyodagi eng g‘aroyib chegara-qishloq – Mamay
Bu qishloqda ikki qo‘shni bir-birini ko‘rganda salomlashsa-da, bir-birinikiga mehmonga chiqolmaydi. Qo‘shnisinikida biror-bir ma’rakada qatnashish uchun 50-60 km yo‘l bosib kelishga to‘g‘ri keladi. “Manzil” loyihasi bu gal Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Mamay qishlog‘ida bo‘ldi.
Qishloq qo‘shni Qirg‘iziston bilan chegarada joylashgan. Chegaraning qay tarzda o‘tgani esa alohida e’tiborga sazovor.
Misol uchun biror ko‘chani olaylik, uylar tushunarsiz va antiqa joylashgan . Ya’ni bir uy O‘zbekiston fuqarosining uyi bo‘lsa, orada uchta uy Qirg‘iziston fuqarosining uyi va so‘ngra yana O‘zbekiston fuqarosining uyi boshlangan. Bunday holatni yana ikki ko‘chada uchratish mumkin.
Bunday ko‘chalarda harakatlarni harbiylar nazorat qiladi. Bu ko‘chalardan o‘tadigan har bir mashina yukxonalari tekshiriladi.
Aytishlaricha, chegaralarni to‘liq belgilash (delimitatsiya) va unga sim tortish (demarkatsiya) ishlari yaqin muddatlarda yakunlanadi.
Bizni qishloqqa Nazarxo‘ja aka mehmonga chaqirgan. Mezbonimizni nafaqat qishloqda, balki qo‘shni qishloqlarda ham tanishadi, sababi uzoq yillardan beri karnaychilik qiladi.
Mezbonimizning uyi ichiga qurilgan pechka universalligi bilan e’tiborimizni tortdi. Unda ham uyni isitish, ham ovqat tayyorlash, choy ham qaynatish mumkin. Nazarxo‘ja aka bilan birga ushbu pechkada osh pishiradigan bo‘ldik. Barchasiga videoda o‘zingiz guvohi bo‘ling.
Videomiz yoqqan bo‘lsa, yaqinlaringizga ham ulashing. Loyihani YouTube'da va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rab qolamiz.
Tohirjon Tursunov,
Boymirza Xalilov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus.
Mavzuga oid
10:10 / 09.12.2024
Qozog‘iston chegara punktlarida yangi elektron navbat tizimi joriy etilmoqda
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
19:14 / 23.11.2024
Polshalik fermerlar Ukraina bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktini to‘sib qo‘ydi
16:34 / 18.11.2024