Taksi bilan bog‘liq yana bir jinoyat: bu safar Toshkentda yo‘lovchini tunab ketishdi
Toshkent shahrida Andijon viloyatida yashovchi fuqaroga kuch ishlatib, uning 800 dollar pulini tortib olgan «taksichi»lar ushlangan. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 8 yanvar kuni Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi, 34 yoshli X.J. Toshkent shahar Yashnobod tuman IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, kuch ishlatib pullarini tortib olgan ikki nafar shaxsga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
X.J.ning arizasiga ko‘ra, u 8 yanvar kuni soat 9:30 larda Toshkent xalqaro aeroporti yonida «Vodiy pitak»ga borish uchun Lacetti rusumli mashinaga o‘tirgan. Yashnobod tumani TXAY ko‘chasida joylashgan Andijon viloyatiga yo‘lovchi mashinalar qatnaydigan avtoturargohga yetib borishgach, haydovchisi va uning yonida o‘tirgan sherigi X.J.ni mashinadan tushirib, birgalikda qo‘llarini ushlab, bo‘ynidan bo‘g‘ib, 800 dollar pullarini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tergov tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 41 yoshli U.S. va Toshkent viloyatida yashovchi 36 yoshli Yu.A.lar sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan U.S. va Yu.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlanishgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
11:34
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
10:44 / 17.12.2024
Toshkent metrosi ilk marta bir kunda 1 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi
11:34 / 09.12.2024
“Ozodlikning qadrini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi” - afv etilganlar hikoyasi
08:50 / 15.11.2024