O‘zbekiston | 10:42 / 18.01.2022
27803
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik o‘sish biroz pasaydi, Toshkentdagi holatlar yuqoriligicha qolmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda kunlik kasallanish holatlari biroz pasayganini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

«2022 yil 17 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 207057 (+935) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Bu bir kun oldingi holatlardan 102taga kam - 17 yanvar kuni SSV O‘zbekistonda pandemiyadagi rekord qayd etilib, 1037ta yangi kasallanish holati haqida xabar bergandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 30 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 23 nafari Andijon viloyatida,
  • 28 nafari Buxoro viloyatida,
  • 32 nafari Jizzax viloyatida,
  • 18 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 9 nafari Navoiy viloyatida,
  • 39 nafari Namangan viloyatida,
  • 57 nafari Samarqand viloyatida,
  • 24 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 16 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 26 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 33 nafari Xorazm viloyatida,
  • 134 nafari Toshkent viloyatida,
  • 466 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 38 nafar,
  • Andijon viloyatida 36 nafar,
  • Buxoro viloyatida 10 nafar,
  • Jizzax viloyatida 29 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 13 nafar,
  • Navoiy viloyatida 4 nafar,
  • Namangan viloyatida 27 nafar,
  • Samarqand viloyatida 52 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 21 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 11 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 39 nafar,
  • Xorazm viloyatida 20 nafar,
  • Toshkent viloyatida 182 nafar,
  • Toshkent shahrida 197 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 199872 (+679) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlarning 4 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 1522 nafarni tashkil qildi.

Mavzuga oid