O‘zbekiston | 09:59 / 18.01.2022
2225
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda fuqaroning qo‘ylarini o‘g‘irlagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida fuqaroning qo‘ylarini o‘g‘irlagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 8 yanvar kuni Denov tumani Qorabog‘tepa mahallasida yashovchi, X.Xolmurod tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida, 7 yanvar kunidan 8 yanvar kuniga o‘tar kechasi, hovlisida joylashgan molxonasidan jami 12 million so‘mlik 6 bosh qo‘yni noma’lum shaxslar o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘rilikni Denov tumanida yashovchi K.Sherzod, N.Sherdil va M.Salim sodir etgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, 2022 yil 9 yanvar kuni K.Sherzod, N.Sherdil va M.Salimga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid