Jahon | 20:40 / 18.01.2022
43142
5 daqiqa o‘qiladi

Suv ostida uyg‘ongan vulqon, noodatiy sovuq kelgan Pokiston va «hayot uchun salib yurishi». Kun suratlari

Kun.uz dunyoning turli chekkalaridagi so‘nggi voqealarga oid suratlarni jamladi.

Foto: NOAA/SSEC/CIMSS via REUTERS

14 yanvar kuni Tonga arxipelagida suv ostidagi Hunga-Tonga-Hunga-Haapay vulqoni uyg‘ondi va uning ortidan qator sunamilar yuzaga keldi. Vulqon otilishi oqibatida suvosti kabellari zararlangan, natijada butun arxipelag bo‘ylab telefon aloqasi va internet uzilgan. Sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa ham atmosferaga ko‘tarilgan katta hajmdagi kul tufayli uzilishlar bilan ishlamoqda, shu tufayli, hozirga qadar bu falokat oqibatlari ko‘lami ma’lum emas. Rasmiylar uch kishi qurbon bo‘lgani va o‘nlab kishilar bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergan.

Tonga sohillari yaqinida vulqon uyg‘onishi. ​​​​Tonga Geological Services/via REUTERS

Vulqon otilishidan keyin Tinch okeani qirg‘oqlariga balandligi bir metrdan oshiq to‘lqinlar yopirila boshlagan - to‘lqinlar Yaponiya, AQShning g‘arbiy sohillari hamda Perugacha yetib kelgan.

Yaponlarning Himawari-8 sun’iy yo‘ldoshi orqali olingan tasvirda suv ostidan vulqon uyg‘onishi qanchalar katta ko‘lamda bo‘lganini ko‘rish mumkin. National Institute of Information and Communications Technology (NICT)/via REUTERS
Yangi Zelandiya harbiy samolyoti Tongadagi Nomuka shahridagi o‘simlik dunyosi qay ahvolga tushganini ko‘rsatdi. 17 yanvar. New Zealand Defence Force/via REUTERS
Tonga poytaxti Nukualofaning vulqon kuli yopirilishidan keyingi ko‘rinishi, sun’iy yo‘ldosh orqali olingan tasvir, 18 yanvar. ©2022 Maxar Technologies/via REUTERS

Tongadagi vulqon tufayli neft sizishidan Peru sohillari ifloslandi.

Foto: Cris Bouroncle / AFP
Kanadaning Hamilton shahrida qor bosgan avtoturargohni tozalayotgan kishi. REUTERS/Carlos Osorio
AQShning Janubiy Karolina shtatida kuchli qorbo‘ron. Foto: Sean Rayford/Getty Images
Ohayo shtatining Dayton shahrida bo‘ron vaqtida uylar qor ostida qolmoqda. REUTERS/Megan Jelinger
Chikagoda Michigan ko‘li muz bilan qoplandi. Foto: AR/TASS
Polshaning Zakopane shahrida dunyodagi eng yirik qorli labirint barpo etildi
Foto: Omar Marques/Anadolu Agency via Getty Images
Braziliyada kuchli yomg‘irlar oqibatlari. Foto: Pedro Vilela/Getty Images
Urugvaydagi kuchli yomg‘irlardan keyin yuzaga kelgan suv toshqinidan jabrlangan uy, Montevideo. REUTERS/Ana Ferreira
Arab koalitsiyasining Yaman poytaxti Sano shahriga amalga oshirgan zarbalari oqibatida kamida 23 kishi halok bo‘ldi
2020 yilda Bayrut portida ro‘y bergan portlash qurbonlarining yaqinlari uyushtirgan namoyish vaqtida Livan bayrog‘ini tutib turgan erkak. REUTERS/Mohamed Azakir
Hindistonning Nyu-Deli shahrida Respublika kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan parad repetitsiyasi vaqtida. Foto: AP/TASS
Pokistonning Peshavor shahridagilar uchun kutilmaganda sovuq kelgan noodatiy qish. Foto: EPA/Vostock-photo
Kobulning sovuq ko‘chasida tilanchilik qilib o‘tirgan qizcha yig‘layotgan ukasini yupatishga urinmoqda.
Yomg‘irli kunda bolasini pana qilib turgan falastinlik, Xon Yunus, G‘azo sektori janubi. REUTERS/Ibraheem Abu Mustafa
Boliviya hukumati mamlakatning eng chekka hududlaridagi aholini vaksina bilan ta’minlash uchun «Hayot uchun salib yurishi» dasturini boshladi
Foto: Radoslaw Czajkowski/picture alliance via Getty Images
Bangladeshdagi g‘isht zavodi ishchilari. Foto: Zuma/TASS
Shimoliy Koreya Sharqiy dengizga ikkita noma’lum ballistik raketa uchirdi. Foto: EPA/Vostock-photo
Otliq har yili nishonlanadigan Antoniy kuni arafasidagi Luminariya bayrami vaqtida olov orasidan o‘tmoqda. Madriddan shimoli-g‘arbdagi San-Bartolome-de-Pinares qishlog‘i. REUTERS/Javier Barbancho
Shimoliy qutb yog‘dusi, Murmansk oblasti. Foto: Lev Fedoseyev/TASS
Oy Buyuk Britaniyaning Yorkshir grafligidagi Uitbi Abbey ibodatxonasi orqasida botmoqda. Foto: REUTERS/Carl Recine
Xitoyda oy taqvimi bo‘yicha Yangi yilni nishonlashga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Foto: Yang Zhili/VCG via Getty Images

Mavzuga oid