Jahon | 21:59 / 27.02.2022
36571
5 daqiqa o‘qiladi

«Yo‘lkira tekin». Ukrainalik qochqinlar qo‘shni davlatlarda qanday kutib olinmoqda?

Ukrainadagi urush o‘tgan to‘rt kun davomida 400 mingga yaqin ukrainalikni o‘z uylarini tashlab chiqishga majbur qildi.

Kiyevdan chiqishdagi tirbandliklar / Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA

Qochqinlar eng ko‘p miqdorda Polsha, Ruminiya va Vengriya tomonidan qabul qilinmoqda. Chegaradosh Moldova va Slovakiya ham qochqinlar oqimi oshgani tufayli favqulodda holat rejimini joriy etgan, AQSh ukrainlarga yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qilgan, Irlandiya esa Ukraina bilan viza rejimini bekor qilgan. Quyida urush tufayli yuzaga kelgan migratsiya inqirozi ko‘lamini ifodalovchi suratlar jamlandi.

Odamlar Kiyevdan chiqib ketish uchun poyezdga chiqishga ruxsat berilishini kutishmoqda. Guvohlarning aytishicha, ayni vaqtda Ukraina poytaxtini tark etish juda murakkab ishga aylangan. Kiyevdan jo‘naydigan poyezdga yo‘lovchilar tekinga chiqariladi, ammo joylar soni cheklangan, ko‘chalardagi vaziyat tufayli vokzalgacha yetib borish ham qiyin. 25 fevral. Foto: Umit Bektas / Reuters / Scanpix / LETA
Ayollar va bolalar Ukraina va Polsha chegarasini kesib o‘tish uchun piyoda yo‘lga tushishgan.
Krakovets-Karchova nazorat-o‘tkazish punkti, 26 fevral. Foto: Janek Skarzynski / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik ayol Ruminiya bilan chegaradan o‘tmoqda. Polsha, Moldova, Vengriya va Slovakiya bilan bo‘lgani kabi Ruminiya ham Ukrainadan qochqinlarni qabul qilmoqda va ularni turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlab, yuridik yordam ko‘rsatishga tayyor. Solotvino—Sigetu  Marmatsiyey nazorat-o‘tkazish punkti, 25 fevral. Foto: Paul Ursachi / AP / Scanpix / LETA
Ruminiyaning Ukraina bilan chegarasiga yaqin joylashgan Siret shahriga chaqalog‘i bilan kelgan yosh ukrain ayoli. 25 fevral
Alexandru Dobre / AP / Scanpix / LETA
Vengriyanng Barabash shahri yaqinida qarindoshlari ham Vengriya va Ukraina chegarasidan o‘tib kelishini kutayotgan ukrainalik ayol. 25 fevral
Anna Szilagyi / AP / Scanpix / LETA
«Kiyev — Varshava» poyezdi yo‘lovchilari. 25 fevral
Wojtek Jargilo / EPA / Scanpix / LETA
Polsha-Ukraina chegarasidagi Korchova—Krakovets nazorat-o‘tkazish punktidagi holat. 26 fevral
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina va Slovakiya chegarasida qochqinlarning hujjatlari tekshirilmoqda. Eng yaqin aholi punkti — Vishne-Nemetsk qishlog‘i. 25 fevral
Zuzana Gogova / Getty Images
Odamlar Shegini—Medika nazorat-o‘tkazish punkti orqali Polsha-Ukraina chegarasini kesib o‘tmoqda. 25 fevral
Wojtek Radwanski / AFP / Scanpix / LETA
Ruminiyaning Siret qishlog‘idagi qochqinlar. 25 fevral
Andreea Alexandru / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik qochqin ona kichik yoshli qizi bilan, Ukraina-Ruminiya chegarasi yaqinidagi Siret qishlog‘i. 25 fevral
Andreea Alexandru / AP / Scanpix / LETA
Ukraina va Polsha chegarasidagi tun. Surat Pshemisleda — Polsha janubidagi Krakovdan keyingi ikkinchi yirik shaharda olingan. 25 fevral
Omar Marques / Getty Images
Slovakiyadagi grek pravoslav cherkovi rohiblari va volontyorlar chegaradagi Vishne-Nemetsk qishlog‘iga kelayotgan qochqinlar uchun zarur narsalar yig‘ish punktini tashkil etishdi. 25 fevral
Zuzana Gogova / Getty Images
Befarq bo‘lmagan slovaklar ukrainaliklarni kutib olib, o‘z avtomobillari va avtobuslarida Vishne-Nemetskdan Slovakiyaning boshqa shahar va qishloqlariga tekinga eltib qo‘yishmoqda. 25 fevral. Foto: Zuzana Gogova / Getty Images
Polshaning Pshemisle shahridagi supermarketlardan birining avtoturargohida qochqinlarga yordam punkti tashkil etildi. Bu yerda ukrainlar bepul transportga o‘tirib, boshqa aholi punktiga yetib olishi mumkin. 26 fevral. Foto: Darek Delmanowicz / EPA/ Scanpix / LETA
Polshada yashovchi ukrain o‘z vatandoshlarini tekinga Krakovga olib borish uchun kutmoqda. 25 fevral
Kacper Pempel / Reuters / Scanpix / LETA
Ko‘ngillilar Ruminiyaga kirib kelayotgan ukrainaliklarga oziq-ovqat ulashmoqda, Siret, 2022 yil 25 fevral
Andreea Alexandru / AP / Scanpix / LETA
Polshalik askarlar mamlakat janubidagi Pshemislega qutilarda oziq-ovqat keltirishmoqda. 25 fevral
Darek Delmanowicz / EPA / Scanpix / LETA
Pshemisledagi vokzal uzoq yo‘ldan kelgan ukrainlar hordiq chiqarishi mumkin bo‘lgan punktga aylantirilgan. 24 fevral
Petr David Josek / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid