Diniy qo‘mita o‘zbekistonlik Umra ziyoratchilari uchun eslatma bilan chiqdi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Umra ziyoratchilari uchun muhim eslatma bilan chiqdi. Ma’lum qilinishicha, Saudiya Arabistonida belgilangan karantin talablariga ko‘ra, Masjidi Nabaviy ziyorati va Umra tadbirini amalga oshirish “Tawakkalna” va “Eatmarna” mobil dasturlari orqali amalga oshirilmoqda.
Shunga ko‘ra, ziyoratga ketayotgan fuqarolar safardan oldin ushbu ilovalarni o‘z telefonlariga yuklab olishi so‘ralmoqda:
Andriod dasturi uchun:
· Eatmarna
IOS dasturi uchun:
· Eatmarna
Mazkur dasturlar telefonda “geolokatsiya” va “internet” yoqilgandagina ishlaydi. Bu dasturlar ziyoratchi Saudiya Arabistoni davlat chegarasidan o‘tib, Madina shahrida tegishli ma’lumotlar bilan to‘ldirilgandan keyingina ishga tushadi.
Ziyoratchi Saudiyaga yetib borishi bilan Saudiya mobil aloqa operatori sim kartasini xarid qiladi va internet to‘plamini ishga tushiradi. Sim kartani aeroportda yoki Madina shahridagi mehmonxonada xarid qilish mumkin bo‘ladi.
“Umra qilish mobil dasturi” ziyoratchiga 1 martagina umra amalini bajarishga va faqat 5 mahal namozga chiqishiga ruxsat berishi mumkin. Qayta umra qilish uchun “Tawakkalna” va “Eatmarna” orqali so‘rovnoma beriladi. Tizim ruxsat bergan muddatda “Oisha ona” – Tan’iym masjididan ehromga kirib keyin yana umra amalini ado etish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik birinchi guruh ziyoratchilar shu yilning 22 yanvar kuni Umra ziyoratini amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketishi kutilmoqda.
Avvalroq, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi pandemiya talablari, Saudiya Arabistonida 15 foizlik QQSning joriy qilinishi hamda narx-navo ko‘tarilgani sababli o‘zbekistonlik umra ziyoratchilari uchun to‘lov miqdori oshirilgan, deya izoh bergandi.
Mavzuga oid
16:30 / 09.12.2024
Umraga noqonuniy yuborgan turoperatorlar javobgarlikka tortildi
15:50 / 15.10.2024
“Bu katta miqdor emas” – Diniy qo‘mita raisi Umra litsenziyasining 1 million dollarlik sharti haqida
07:07 / 31.07.2024
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
09:46 / 05.02.2024