O‘zbekiston | 10:29 / 24.01.2022
10457
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik o‘sish biroz pasaydi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda kunlik kasallanish holatlari biroz pasaygani haqida xabar qildi.

Foto: Kun.uz

«2022 yil 23 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 215063 (+1296) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Bungacha qatorasiga besh kun davomida kunlik o‘sish bo‘yicha rekordlar qayd etilgandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 63 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 55 nafari Andijon viloyatida,
  • 70 nafari Buxoro viloyatida,
  • 41 nafari Jizzax viloyatida,
  • 30 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 20 nafari Navoiy viloyatida,
  • 57 nafari Namangan viloyatida,
  • 35 nafari Samarqand viloyatida,
  • 23 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 41 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 178 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 38 nafari Xorazm viloyatida,
  • 152 nafari Toshkent viloyatida,
  • 493 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 52 nafar, 
  • Andijon viloyatida 39 nafar,
  • Buxoro viloyatida 42 nafar,
  • Jizzax viloyatida 60 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 28 nafar, 
  • Navoiy viloyatida 25 nafar,
  • Namangan viloyatida 66 nafar,
  • Samarqand viloyatida 31 nafar, 
  • Sirdaryo viloyatida 26 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 20 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 90 nafar, 
  • Xorazm viloyatida 81 nafar,
  • Toshkent viloyatida 170 nafar,
  • Toshkent shahrida 212 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 204217 (+942) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1542 nafarni tashkil qildi.

Vazirlik so‘nggi bir kunda yana 172 kishida pnevmoniya aniqlangani haqida xabar qilgan.

Mavzuga oid