O‘zbekiston | 10:43 / 25.01.2022
4708
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik o‘sish pasayishi davom etdi

SSV ketma-ket ikkinchi kun kasallanishlar soni pasaygani, so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 1123 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani, 1278 bemor tuzalgani haqida xabar berdi.

«2022 yil 24 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 216186 (+1123) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 59 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 43 nafari Andijon viloyatida,
  • 60 nafari Buxoro viloyatida,
  • 31 nafari Jizzax viloyatida,
  • 25 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 21 nafari Navoiy viloyatida,
  • 51 nafari Namangan viloyatida,
  • 39 nafari Samarqand viloyatida,
  • 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 37 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 173 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 35 nafari Xorazm viloyatida,
  • 115 nafari Toshkent viloyatida,
  • 414 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 15 nafar, 
  • Andijon viloyatida 70 nafar,
  • Buxoro viloyatida 87 nafar,
  • Jizzax viloyatida 94 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 35 nafar, 
  • Navoiy viloyatida 54 nafar,
  • Namangan viloyatida 85 nafar,
  • Samarqand viloyatida 41 nafar, 
  • Sirdaryo viloyatida 23 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 59 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 126 nafar, 
  • Xorazm viloyatida 145 nafar,
  • Toshkent viloyatida 192 nafar,
  • Toshkent shahrida 252 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 205495 (+1278) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1545 nafarni tashkil qildi.

Vazirlik so‘nggi bir kunda yana 98 kishida pnevmoniya aniqlangani haqida xabar qilgan.

Mavzuga oid