O‘zbekiston | 09:30 / 26.01.2022
7016
2 daqiqa o‘qiladi

Aholiga ichimlik suvi yetkazib berish to‘liq tiklangan hududlar ma’lum qilindi 

Aholiga ichimlik suvi yetkazib berish to‘liq tiklangan hududlar ma’lum qilindi. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, quyidagi hududlarda aholiga ichimlik suvi yetkazib berish to‘liq tiklandi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 100 foiz;   
  • Buxoro viloyati — 100 foiz;   
  • Navoiy viloyati — 100 foiz;   
  • Namangan viloyati — 100 foiz;   
  • Samarqand viloyati — 100 foiz;   
  • Xorazm viloyati — 100 foiz;   
  • Toshkent shahri — 100 foiz.   

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, kecha, 25 yanvar kuni soat 18:00 da Toshkent shahrining 12 tumanida ichimlik suvi ta’minoti qisman tiklangandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida soat 16:55 dan 17:25 gacha suv ta’minoti to‘liq tiklangan.

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi «Mingtut» bosh suv inshootiga elektr energiyasi berilib, Qo‘qon shahri aholisining ichimlik suvi ta’minoti to‘liq tiklandi.

«Namangan suv ta’minoti» MChJ tasarrufidagi «Qizilravot» va «Kurashxona» suv olish va uzatish inshootlarida elektr energiyasi berilib, ichimlik suvi ta’minoti tiklandi.

Mavzuga oid