Istanbulda kuchli qor yog‘ishi sababli aeroportda qolib ketgan o‘zbekistonliklarga ko‘mak berildi
24 yanvar kuni Istanbulda kuchli qor yog‘gani ortidan xalqaro aeroport yopilib, reyslar vaqtincha to‘xtatilgani oqibatida shu kuni O‘zbekistonga parvoz qilishi kerak bo‘lgan yo‘lovchilar Turkiyada qolib ketgandi. Turkiyadagi “Yelkadosh” jamiyati tomonidan O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi yordamida hamyurtlarimizga yordam ko‘rsatildi.
Noqulay ob-havo sababli aeroportda qolib ketgan hamyurtlarimizga “Yelkadosh” Turkiyadagi o‘zbekistonliklarga yordam jamiyati tomonidan 200 ta osh, salat, non va ayron tarqatilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi tomonidan Istanbul aeroportida tunab qolgan o‘zbeklarga non va somsa tarqatilgan.
“Turkiyadagi o‘zbeklar” Telegram-guruhida ma’lum qilinishicha, tushlik vaqtida tarqatilgan somsa aeroportning neytral hududida qolib ketganlarga yetib bormagan, shu sababli O‘zbekiston havo yo‘llari yordami bilan kechki ovqat vaqtida neytral hududdagi o‘zbekistonliklarga ham palov yetkazib berilgan. Kanalda xayriya mablag‘lari hisobidan olinib, hamyurtlarimizga yetkazib berilgan mahsulotlarning ro‘yxati ham keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 24 yanvar kuni Istanbul vaqti bilan soat 21:40 ga belgilangan Istanbul–Toshkent reysi kuchli qor yog‘gani sababli bekor qilingan, buning oqibatida ko‘plab o‘zbekistonliklar aeroportda qolib ketgan. Yo‘lovchilar Uzbekistan Airways yetarli sharoit yaratib bermaganidan shikoyat qilishgan. Kun.uz bilan suhbatda yo‘lovchilardan biri 2 kundan beri aeroportda qolishayotgani, avvaliga aviakompaniya xodimlari hech qanday yordam ko‘rsatishmagani, odamlar ko‘pchilik bo‘lib talab qilgandan keyin ovqat va ichimlik bilan ta’minlashganini aytgandi. Kun.uz'ga taqdim etilgan videoyozuvda yo‘lovchilar va aviakompaniya vakili o‘rtasida bahs borgani ko‘rinadi.
Bundan tashqari, 24 yanvar kuni Toshkentdan Istanbulga parvoz qilgan Uzbekistan Airways samolyoti ham murakkab ob-havo tufayli Anqaraga qo‘nishga majbur bo‘lgan. Ushbu reys yo‘lovchilari ham turli qiyinchiliklarga duch kelishgan.
Hodisa yuzasidan izoh berarkan, Uzbekistan Airways AJ matbuot xizmati vakili Kamola Ikromova 24 yanvar kunidan boshlab noqulay ob-havo sababli Istanbul xalqaro aeroportida fors-major holati yuzaga kelganini ta’kidlagandi.
Mavzuga oid
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
00:48 / 23.11.2024
Turkish Airlines 23 noyabrga rejalashtirilgan qator parvozlarini bekor qildi
20:03 / 18.11.2024
Yevropaning eng gavjum aeroporti nomi e’lon qilindi
20:33 / 31.10.2024