Jamiyat | 19:15 / 31.01.2022
2778
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda ikki yigitning o‘zaro janjali o‘lim bilan yakunlandi

Foto: Tergov departamenti

Kogon tumanida 21 yoshli yigit 31 yoshli fuqaro yetkazgan og‘ir tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, voqea 2022 yil 28 yanvar kuni Kogon tumanining Jomard qishlog‘ida sodir bo‘lgan. 31 yoshli J.J. hamda 21 yoshli I.A. ko‘chada ko‘rishib, o‘zaro janjallashib qolgan. Janjal paytida J.J. I.A.ni urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan hamda hodisa joyidan yashiringan. Buning oqibatida I.A. RShTYoIM Buxoro filialining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan J.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, J.J. bir kun oldin mast holda jabrlanuvchi bilan telefon orqali bir-birini haqorat qilgan. So‘ngra ular belgilangan joyda uchrashib, gaplashib olmoqchi bo‘lgan. Yigitlarning uchrashuvi esa janjalga aylanib ketgan.

Mavzuga oid