Namanganda 500 mln so‘mlik tovar moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlardan birida 500 mln so‘mlik noqonuniy 85 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va spirtli ichimliklar mavjudligi aniqlangan.
Viloyat Bojxona Boshqarmasining kun.uzga ma’lum qilishicha, Yangiqo‘rg‘on tumani Qizilyozi mahallasida yashovchi, K.M.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, taxminiy qiymati 500 mln so‘mlik 85 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va spirtli ichimliklar mavjudligi aniqlangan.
Surishtiruv tadbirlari davomida, ushbu mahsulotlarni Yangiqo‘rg‘on tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi S.S.ga tegishli ekanligi va u mazkur tovar-moddiy boyliklarini Qirg‘iziston Respublikasi hududidan chegaradan aylanma yo‘llar orqali noqonuniy tarzda olib o‘tib, qarindoshi Q.J. orqali, qo‘shnisining yashash xonadoniga vaqtincha saqlab turish uchun olib kelib joylashtirganligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan viloyat Bojxona Boshqarmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:34 / 23.12.2024
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
19:05 / 26.11.2024
Namanganda flyuorit toshini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:34 / 18.11.2024