O‘zbekiston | 13:59 / 04.02.2022
5972
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘p miqdorda dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi

Foto: Prokuratura departamenti

Ikki holatda ko‘p miqdorda dori vositalari noqonuniy tarzda sotilayotganda qo‘lga olingan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, fuqaro A.Q. pandemiya sharoitida dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, xorijda ishlab chiqarilgan jami 13,1 ming dona “Geparin 5000/5ml”, “STENHEP Heparin Sodium Injection” va “INFA-HEP Heparin Sodium Injection” nomli dori vositalarini xaridor A.ga 24 200 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, “M.F.” MChJ dorixonasi sotuvchisi Sh.A. fuqaro B.ga 70 dona “Regapen” va 137 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 12,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 70 dona “Tebantin”, 56 dona “Regapen”, 30 dona “Tropikamid”, 30 dona “Sandoks” va 20 dona “Karbamezapin” nomli dori vositalari hamda hech qanday yozuvsiz 61 dona kapsuladagi dorilar mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.   

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid