O‘zbekiston | 17:08 / 05.02.2022
7780
1 daqiqa o‘qiladi
Marg‘ilon shahrida “Moskvich” urib yuborgan piyoda vafot etdi
3 fevral kuni fuqaro S.A. boshqaruvida bo‘lgan “Moskvich” rusumli avtomashinasini A.Navoiy ko‘chasida boshqarib ketayotib, qatnov qismini piyoda kesib o‘tayotgan M.A.ni urib yuborishi oqibatida M.A. og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Qo‘qon shahrida “Moskvich”da yong‘in kelib chiqqanligi xabar qilingan edi.