Oqqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi
Oqqo‘rg‘on tumanining yangi hokimi tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar bermoqda.
Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Alisher Karimjonov Oqqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
A. Karimjonov 1980 yilda Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi. Mahalliy hokimlik tizimlarida, moliya va statistika sohalarida samarali mehnat qilgan.
U mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Quyi Chirchiq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Oqqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Farhod Omonov Toshkent viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - viloyat hokimining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlanishi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etilgandi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani hokimi Xolmirza Niyozov o‘tgan yil dekabrida Qashqadaryo viloyatiga birinchi o‘rinbosar bo‘lib ketgan Ulug‘bek Uzoqov o‘rniga Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi.
Mavzuga oid
23:13 / 28.11.2024
Toshkent viloyatida o‘qituvchi 9-sinf o‘quvchisini kaltakladi
21:46 / 07.08.2024
Toshkent viloyatida IIO mashinasidan sakragan fuqaro vafot etdi
07:31 / 17.11.2023
Toshkent viloyatida vertolyot ishtirokida to‘y korteji uyushtirildi
16:48 / 01.08.2023