Hokimlikning shanba kuni soat 7 dagi yig‘ilishi Mehnat inspeksiyasi «razvedkasi» sabab bekor bo‘ldi
Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan mehnat qonunchiligiga zid ravishda shanba tongiga yig‘ilish chaqirildi.
Toshkent viloyati hokimining tayinlanganiga besh kun bo‘lgan birinchi o‘rinbosari Xolmirza Niyozov viloyatdagi boshqarmalar, tashkilotlar va tuman hokimlarini 12 fevral kuni soat 7:00 ga yig‘ilishga chaqirgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i Qudratulla Odinayev 12 fevral kuni ertalab Toshkent viloyati hokimligiga borgan. Inspeksiya xodimlari soat 07:10 lar atrofida hokimiyat binosiga kirib borganda, majlis o‘tkazilayotganini aniqlagan. Biroq, yig‘ilganlar vazirlik vakillarini ko‘rishi bilan majlisdan chiqib ketishgan.
“Mazkur holatda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud.
Hurmatli yurtdoshlar, mehnat munosabatlariga oid murojaatlar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, vazirlikning 71-200-06-00 ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qiling. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi” – deyiladi vazirlik bayonotida.
Ma’lumot uchun, MJtKning 49-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, mansabdor shaxs tomonidan mehnat qonunchiligini buzish BHMning 10 baravari (2 mln 700 ming so‘m)gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Avvalroq, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov 6 fevral, yakshanba kuni bir necha tumanda yig‘ilish o‘tkazgandi. Ushbu holat bo‘yicha ham Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazib, yig‘ilishga jalb etilganlarga ikki hissa haq to‘lash yoki ularning istagiga qarab boshqa dam olish kuni berish to‘g‘risidagi qarorga kelingandi.
Mavzuga oid
23:07 / 21.12.2024
Toshkent viloyatida chiqindi poligonlari xizmat narxi oshiriladi
16:16 / 17.12.2024
Toshkent viloyatida 8,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi
20:14 / 16.12.2024
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21:41 / 14.12.2024