O‘zbekiston | 07:28 / 16.02.2022
6431
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Mirzo Ulug‘bek tumanidagi tunnel rekonstruksiya qilinmoqda

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi, Mustaqillik shohko‘chasidan o‘tgan tunnel rekonstruksiya qilinmoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar hokimligi xabarida aytilishicha, rekonstruksiya davomida tunnel devorlari fibrobeton bilan qoplanadi. Yoritish tizimi ta’mirlanadi.

Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari davomida piyodalar va avtomobillar uchun harakat cheklanmaydi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Avvalroq, Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi tunnelda harakatlanish bir oyga qisman cheklangani xabar berilgandi

2022 yilning 11 fevralidan bir oy davomida Abdulla Qodiriy ko‘chasidan o‘tgan tunnelda rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Rekonstruksiya davomida tunnelning 2 tomonidagi 3 ta yo‘nalishning faqat bittadan yo‘nalishi navbatma-navbat avtomobillar harakatlanishi uchun yopildi. 

Mavzuga oid