Sport | 08:30 / 18.02.2022
18879
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik kurashchi doping sababli to‘rt yilga musobaqalardan chetlashtirildi

O‘zbekistonlik yunon-rum kurashchisi Sultonbek Elmurodov doping tufayli to‘rt yilga musobaqalardan chetlashtirildi. Bu haqda Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: TASS

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi huzuridagi Axloq komissiyasining qaroriga ko‘ra sportchi Sultonbek Elmurodovdan (sport turi – yunon-rum kurashi) 2021 yil oktabr oyida musobaqadan tashqari davrda olingan doping-sinamasidan taqiqlangan «Furosemid» moddasi aniqlangan.

Shu bois, S.Elmurodov Butunjahon antidoping kodeksining 2.1-moddasida ko‘zda tutilgan antidoping qoidabuzarligi uchun 2021 yil 23 dekabrdan boshlab 2025 yil 22 dekabrga qadar, 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi.

«Furosemid» Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan, sababi u tanadan noqonuniy dorilar (eritropoetin, gormonlar)ni tezda chiqarib tashlaydi. 

«Furosemid» izlari har yili 100 ga yaqin holatda turli sport turlari bo‘yicha sportchilarning namunalarida topiladi. Sinxron suzish va badiiy gimnastikada modda og‘irlikni nazorat qilish uchun ishlatiladi. 

Mavzuga oid