O‘zbekiston | 16:17 / 19.02.2022
6578
1 daqiqa o‘qiladi

Sergeli tumanida aholidan kommunal xizmatlar uchun undirilgan mablag‘ni o‘zlashtirgan shirkat aniqlandi

Shirkat 193 mln so‘m miqdordagi naqd pullarni bankdagi hisobraqamiga kirim qilmasdan, o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Foto: Shutterstock

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Sergeli tumandagi “S.Sh.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati mansabdor shaxslari aholidan uy-joy kommunal xizmati uchun yig‘ib olingan 193 mln so‘m naqd pullarni shirkatning bankdagi hisobraqamiga kirim qilmasdan, o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid