Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
Qizaloq olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan vaqtda hayotdan ko‘z yumgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahar Sergeli tumanida yuqori tezlikda harakatlangan BYD elektromobili o‘quvchi qizni urib yuborgani yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, hodisa 19 sentabr kuni soat taxminan 13:45 larda Fayzli Toshkent ko‘chasida sodir bo‘lgan. Avtobusdan tushib, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan 9 yoshli qizni (2015 y.t.) davlat raqami 01 444 VFA bo‘lgan BYD Song Plus elektromobili urib ketgan.
Qiz tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib borilgan vaqtda vafot etgan, deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan BYD haydovchisi M.A.ga (1983 y.t.) nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Senat 2024 yilning dastlabki besh oyi davomida 65 nafar o‘quvchi halok bo‘lgani, 294 nafar o‘quvchi esa turli darajada tan jarohati olganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024
Poytaxt IIBB Otabek Bakirov ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi
23:26 / 18.12.2024