Zarafshon milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi
Oqibatda, 25 sotix maydondagi suvtol, malina butalari va boshqa o‘simliklar yonib ketgan.
Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun 2022 yil 21 fevral kuni Jomboy tumanida joylashgan Zarafshon milliy tabiat bog‘ining uchinchi bo‘limi hududida yong‘in sodir bo‘lgan.
Oqibatda, 25 sotix yer maydonidagi suvtol va malina butalari kabi o‘simliklar yonib ketgan. Hududga biriktirilgan mas’ullar va xodimlar tomonidan tezkor tartibda olib borilgan harakatlar tufayli yong‘in tezda bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, ayni paytda, viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan holat yuzasidan qonunda belgilangan tartibda surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Vazirlar Mahkamasining “Zarafshon milliy tabiat bog‘i faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilingandi.
Mavzuga oid
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
08:45 / 20.12.2024
Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi
23:26 / 18.12.2024
Toshkentda avtobus yonib ketdi
15:29 / 17.12.2024