Qozog‘istonda ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha ishga 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi jalb etilgan
Qozog‘iston parlamenti majlisining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi, unda Bosh prokuraturaning yanvar oyidagi voqealar bo‘yicha ma’lumotlari e’lon qilindi.
Mamlakat Bosh prokuraturasining xabar berishicha, yanvar voqealari bo‘yicha ochilgan ishlarga 19 nafar xorijlik fuqaro jalb etilgan.
Qayd etilishicha, ular orasida 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bor.
Bundan tashqari, xorijlik fuqarolarning 4 nafari Rossiya, 2 nafari Qirg‘iziston, 1 nafari Xitoy, 1 nafari Tojikiston fuqarolari ekani aytilgan.
Bosh prokuraturaga ko‘ra, ushbu fuqarolar tartibsizliklarda ishtirok etish, o‘g‘rilikda gumon qilinmoqda. Hozirda tergov davom etmoqda.
Bundan oldin Qozog‘istonda yanvar oyi voqealarida halok bo‘lganlar soni 230 kishini tashkil qilgani xabar berilgandi.
Milliy xavfsizlik qo‘mitasi davlatga xiyonat va hokimiyatni egallab olishga urinish bo‘yicha 15 ta ish ochgan. Yanvar voqealaridan keyin 3 777 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Yanvar voqealari oqibatida 230 kishi halok bo‘lgan, ulardan 19 nafari harbiylar va xavfsizlik xodimlaridir.
Mavzuga oid
17:04 / 11.12.2024
Qozog‘istonda kuydirgi sababli chorva uchun majburiy karantin joriy etildi
14:07 / 06.08.2024
Bangladeshda ikki kun ichida 231 kishi halok bo‘ldi
11:06 / 05.08.2024
Britaniyada tartibsizliklar tufayli yana 150 kishi ushlandi
09:00 / 05.08.2024