Jamiyat | 20:04 / 15.03.2022
11862
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda Damas urib yuborgan 12 yoshli qiz vafot etdi

Dastlabki surishtiruvda Damas haydovchisi mast bo‘lgani va mashinani belgilangan me’yordan oshirib boshqarib kelayotgani aniqlangan.

Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 11 mart kuni Oqdaryo tumani Pichoqchi mahallasidan o‘tuvchi yo‘lda odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Tez harakatlanib kelayotgan Damas mashinasi Pichoqchi mahallasida yashovchi 12 yoshli qizni urib yuborgan. Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan qiz kasalxonada vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvlarda Damas haydovchisining spirtli ichimlik ta’siri ostida bo‘lgani va mashinani belgilangan me’yordan oshirgan holda katta tezlikda boshqarib kelayotgani aniqlangan.

Avvalroq, Payariq tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan Nexia haydovchisi vafot etgandi.

Mavzuga oid