Ukrainani tark etganlar soni uch milliondan oshdi
Ukrainada urush boshlanganidan buyon mamlakatni uch milliondan ortiq kishi tark etgan. Bu haqda 15 mart kuni Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot ma’lum qildi.
Ularning 1,4 milliondan ortig‘i — bolalar.
Ularning ko‘p qismini — 1,6 milliondan ortig‘ini qo‘shni davlat Polsha qabul qilgan. Shuningdek, ukrainlar Ruminiya, Slovakiya, Vengriya, Moldova va Germaniyaga ham bormoqda.
BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari ma’lumotiga ko‘ra esa, Ukrainani tark etganlar soni 2,97 million atrofida, shundan 157 mingdan ortig‘i boshqa mamlakatlar fuqarolaridir.
RF mudofaa vazirligi harbiy harakatlar boshlanganidan buyon Rossiyaga Donbass hududidan 248,9 ming kishi o‘tganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024
Zelenskiy bir qator ukrainalik diplomatlarni ishdan oldi
15:13 / 21.12.2024