O‘zbekiston | 07:18 / 02.04.2022
30990
2 daqiqa o‘qiladi

«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:

  • ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
  • tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
  • boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
  • ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
  • uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
  • qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.

Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun xotin-qizlarga 33 mln so‘mgacha 14 foizlik kreditlar:

  • oilaviy tadbirkorlik uchun – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
  • chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
  • bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilik uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha ajratiladi.

Ayollarga 5 mln so‘mgacha kreditlar naqd berilishi mumkin.

Mazkur nizom tasdiqlanishi munosabati bilan “Ayollar daftari”ga oid ilgarigi vaqtinchalik tartib bekor qilindi.

Mavzuga oid