O‘zbekiston | 10:42 / 02.06.2024
10626
2 daqiqa o‘qiladi

Xotin-qizlarni eng ko‘p ishga olgan 10 ta korxona ma’lum qilindi

O‘zbekiston xotin-qizlarni eng ko‘p ish bilan ta’minlayotgan 10 ta ish beruvchidan 4 tasi xususiy korxonalar hisoblanadi.

Bandlik vazirligi xotin-qizlarni eng ko‘p ishga olgan o‘nta korxonani ma’lum qildi.

Ro‘yxatni Navoiy kon-metallurgiya kombinati ochib beradi: kombinat xodimlaridan 12 444 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi (jami xodimlari – 48 266 nafar).

OKMKdan tashqari, “UzTex Group” MChJ ham 10 mingdan ortiq xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan: tekstil kompaniyasida 11 511 nafar ayollar va qizlar mehnat qilmoqda.

Eng ko‘p xotin-qizlarni ishga olgan korxonalar uchligiga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yakun yasab beradi: 8 234 nafar.

To‘liq ro‘yxat quyidagicha:

1. “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ — 12 444 nafar

2. “UzTex Group” MChJ — 11 511 nafar

3. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ — 8234 nafar

4. “O‘zbekiston pochtasi” AJ — 5217 nafar

5. “Temiryo‘linfratuzilma” AJ — 4 730 nafar

6. “Anglesey Food” MChJ — 4640 nafar

7. “O‘zbektelekom” AJ — 4424 nafar

8. “Zarafshon Tekstil” MChJ — 3882 nafar

9. “Navoiyazot” AJ — 3422 nafar

10. “Urgut Silk Fiber Company” MChJ 3337

Ro‘yxatdagi UzTex Group, Anglesey Food, Zarafshon Tekstil va Urgut Silk Fiber Company xususiy korxonalar hisoblanadi.

Bandlik vazirligi avvalroq eng ko‘p ish beruvchi kompaniyalar o‘ntaligi ham e’lon qilgandi.

Mavzuga oid