O‘zbekiston | 14:39 / 04.04.2022
6133
2 daqiqa o‘qiladi

DTM abituriyentlarni soxta test kitoblari sotilayotganidan ogohlantirdi

DTM 2021 yil test savollari to‘plamini chiqarmagan. Biroq do‘konlarda soxta kitoblar paydo bo‘ldi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat test markazi tomonidan yangi testlar to‘plami chiqqani haqida feyk xabarlar tarqaldi. Kitob do‘konlaridan borib ataylab shu kitoblarni topib keldik. 2021 yilning test kitoblari soxta – DTM tomonidan chiqarilmagan.

Bu kitoblar ichidagi savollarning taxminan 50 foizi DTMning diagnostik testlaridan olingan, ular ham xato bilan kiritilgan. Qolgan 50 foizi esa bizga tegishli emas. Shu sababli ogoh bo‘lishingizni so‘raymiz”, deya munosabat bildirdi Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov.

Sardor Rajabovning qayd etishicha, albatta, bu kitobni chiqarganlarga qonuniy chora ko‘riladi. DTM bu bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qiladi.

Qo‘shimcha qilinishicha, bu yil DTM abituriyentlar tayyorgarlik ko‘rishi uchun to‘plamlar chiqarmagan. Biroq uning o‘rniga diagnostik testlarni yo‘lga qo‘ygan. Unga my.dtm.uz orqali buyurtma berish mumkin. Bundan tashqari, tashkilotning Telegram-boti orqali ham diagnostik testlarga buyurtma berish mumkin. Bot orqali pulli va bepul testlarni olib ishlash mumkin. 

Mavzuga oid